Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan poytaxtimizdagi Yangi Oʻzbekiston bogʻida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur bayram tadbirida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati, hurmatli professor-o‘qituvchilar, Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va san’ati bo‘limi xodimlari hamda 2-kampus 102-A guruh talabalari tyutori S.X. Asamova boshchiligida talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

🔺Tadbir ko‘tarinki ruhda, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga boy tarzda o‘tkazildi. Xususan, bayram davomida:
davra chiqishlari,
varrak uchirish,
ot choptirish,
milliy o‘yinlar va xalq sayillari tashkil etildi.
🔹 Ushbu jarayonlar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

🔺Talaba-yoshlar mazkur sayilda faol qatnashib, milliy qadriyatlarimizni yana bir bor his etish bilan birga, madaniy hordiq chiqardilar.

🔹Ushbu keng ko‘lamli bayram tadbiri yoshlar qalbida milliy an’analarga hurmat, Vatanga muhabbat va birlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Leave a comment