🔺 O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, ilg‘or tibbiy texnologiyalarni joriy etish hamda yuqori malakali tibbiy kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi negizida xalqaro o‘quv kursi tashkil etildi.
🔺 Mazkur kurs pediatrik jarrohlik yo‘nalishida mamlakatimiz erishayotgan yutuqlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganining yorqin ifodasi bo‘lib, tibbiyot sohasida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qilmoqda.
🔺Bugungi kunda Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi pediatriyada minimal invaziv jarrohlik va transplantologiya sohalarida nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi tibbiyot muassasalaridan biri hisoblanadi. Markazda faoliyat yuritayotgan Minimal invaziv jarrohlik va transplantologiya bo‘limida bolalarda tirik donordan jigar transplantatsiyasi kabi murakkab va yuqori texnologik amaliyotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
🔺Ushbu o‘quv kursi Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi o‘rtasidagi samarali hamkorlikning amaliy ifodasi bo‘lib, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi mutaxassislari uchun ilg‘or jarrohlik texnologiyalarini o‘zlashtirish, tajriba almashish hamda kasbiy mahoratni oshirishga xizmat qiluvchi muhim ilmiy-amaliy platforma vazifasini bajarmoqda.
📌 Ochilish marosimi
Kursning tantanali ochilish marosimi 2026-yil 30-mart kuni Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi negizida bo‘lib o‘tdi. Unda tibbiyot sohasi vakillari, yetakchi mutaxassislar hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
🔺 Tadbir davomida mamlakatimizda pediatrik jarrohlikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda yosh mutaxassislarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, Toshkent davlat tibbiyot universitetining tibbiy ta’lim va ilmiy salohiyatni rivojlantirishdagi yetakchi roli alohida e’tirof etildi.
🔺 Mazkur xalqaro o‘quv kursi sog‘liqni saqlash tizimida innovatsion yondashuvlarni kengaytirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hamda tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.







