Toshkent davlat tibbiyot universitetida Navro‘z sayli davom etmoqda

Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalar turar joylarida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va ming yillik an’analarimizni o‘zida mujassam etgan yangilanish, uyg‘onish va ezgulik bayrami — Navro‘z sayli ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

🔹Bayram doirasida talaba-yoshlar ishtirokida milliy an’analar, urf-odatlar, ijodiy chiqishlar va turli madaniy tadbirlar tashkil etilib, Navro‘zga xos muhit yaratilmoqda.
➡️ Ushbu sayl yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, birdamlik va ezgulik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🌿Navro‘z – yangilanish va ezgulik bayrami!

Leave a comment