🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan 1-bosqich talabalari uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya tashkil etildi.
🔵Ekskursiyaning asosiy maqsadi talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, boy tarixiy-ma’naviy merosimiz hamda islom sivilizatsiyasining jahon ilm-fani va madaniyati rivojida tutgan o‘rni bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
🔺Tashrif davomida talabalar markazning zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy va ma’rifiy faoliyati bilan tanishdilar. Xususan, nodir qo‘lyozmalar fondi, qadimiy manbalar, interaktiv ekspozitsiyalar va raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan ko‘rgazmalar ularda katta qiziqish uyg‘otdi.
🔹Ekskursiya jarayonida buyuk allomalar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniylarning ilmiy merosi, ularning tibbiyot, falsafa va tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bu esa talabalarda o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqish va mas’uliyat hissini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
💠Shuningdek, markazda qo‘llanilayotgan zamonaviy axborot texnologiyalari, multimedia vositalari va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari haqida ham tushunchalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olib, fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar.
🔹Ekskursiya kafedra professor-o‘qituvchilari G.Xaytmatova va N.Gafurovalar tomonidan tashkil etildi.






