📚 Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” rukni doirasida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Bugungi mavzu — “O‘zbek madaniyati” bo‘lib, u talaba-yoshlar uchun nihoyatda mazmunli, ma’naviy jihatdan boy va yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ldi.
🎙 Ma’ruzachi: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi uslubchisi Jomurodov Odiljon o‘z chiqishida o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, qadimiy an’analari, urf-odatlari va milliy qadriyatlari haqida atroflicha so‘z yuritdi. Shuningdek, o‘zbek san’ati va adabiyotining jamiyat taraqqiyoti hamda ijtimoiy ong shakllanishidagi beqiyos o‘rni haqida ibratli misollar orqali tushuntirib berdi.
👩💼 Tadbirda universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i M.A. Xasanova ham ishtirok etib, yoshlarga milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani asrab-avaylash hamda madaniy merosga mas’uliyat bilan yondashish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini qayd etdi.
✨ Ma’ruza davomida quyidagi masalalar keng yoritildi:
🔹 O‘zbek madaniyati tushunchasi va uning mohiyati
🔹 O‘zbek madaniyatining tarixiy taraqqiyot bosqichlari
🔹 Milliy an’analar va urf-odatlarning bugungi kundagi ahamiyati
🔹 Madaniyat va ma’naviyatning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni
📍 Tadbir universitetning 40 dan ortiq ma’ruza va faollar zallarida tashkil etildi.
💻 Shuningdek, dars Zoom va YouTube platformalari orqali onlayn tarzda jonli efirda namoyish etildi.
👥 Umumiy qamrov: 30 000 nafardan ortiq talaba-yoshlar
📌 Mazkur ma’rifat darsi talaba-yoshlar ongida ezgulik, bag‘rikenglik, insonparvarlik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilib, ularni jamiyatda faol, bilimli va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga zamin yaratdi.




