🔺 Termiz Iqtisodiyot va Servis Universitetida “Termiz-2026” tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalarining I-Xalqaro tibbiyot olimpiadasi bo’lib o’tdi. Xalqaro tibbiyot olimpiadasi doirasida turli davlatlardan hamda Respublikamizning nufuzli oliygohlaridan iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.
🔺 Olimpiadada Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti jamoasi faol qatnashdi. Olimpiadaning yakuniy natijalari bo’yicha universitetimizning talabalari quyidagi natijalarni qoʻlga kiritdilar:
🔹Abdubannoyeva Nigina Abdumutalib qizi – 1-son davolash ishi fakulteti 1- bosqich talabasi, “Tibbiy kimyo” fanidan 1- o‘rin
🔹Qodirova Ilmira Fazliddin qizi— 1-son davolash ishi fakulteti 2-bosqich talabasi, “Gistologiya, sitologiya, embriologiya” fanidan 1- o‘rin
🔹 Tursunov Sobirjon Ibragim o‘g‘li – 3-son davolash ishi fakulteti 4- bosqich talabasi, “Ichki kasalliklar” fanidan 2-o‘rin
🔹Saydaminova Gulchexra Farxod qizi – 1-son stomatologiya fakulteti 3- bosqich talabasi, “Preklinik restavratsion stomatologiya” fanidan 3-oʻrin
🔹 Yuldasheva Ziyodaxon Bekmurat qizi – 2-son davolash ishi fakulteti 5-bosqich talabasi, Xirurgiya fanidan “Eng bilimdon ishtirokchi” nominatsiyasi gʼolibi
🔹 Toshtemirov Ibrohim O’tkir oʻgʻli – 2-son davolash ishi fakulteti 2-bosqich talabasi, Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya fanidan “Eng yaxshi amaliy koʻnikma sohibi” nominatsiyasi gʼolibi
🔹 Rahmatullayeva Ruxsora Mansurxonovna – Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakulteti 2-bosqich talabasi, Odam anatomiyasi fanidan “Eng intiluvchan faol talaba” nominatsiyasi gʼolibi
🔹 Reyman Aleksandr Vladlenovich – 1-pediatriya vaxalq tabobati fakulteti 2-bosqich talabasi, Normal fiziologiya fanidan “Eng yaxshi amaliy koʻnikma sohibi” nominatsiyasi gʼolibi
Universitet ma’muriyati g‘olib talabalarimiz va ularning ilmiy rahbarini ushbu yutuq bilan tabriklaydi va ilmiy hamda amaliy faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilaydi.

