Toshkent davlat tibbiyot universiteti akademik litseylarida “Ibn Sino izdoshlari” olimpiadasining biologiya yo‘nalishi bo‘yicha yakuniy bosqichlari o‘tkazildi

🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufidagi akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Ibn Sino izdoshlari” nomli fan olimpiadasining biologiya fani bo‘yicha iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan ikkinchi va uchinchi yakuniy bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi.

🔺Mazkur olimpiada Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-son akademik litseyida universitetning Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish bo‘limi, 2-son gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi hamda 1-son akademik litsey rahbariyati hamkorligida o‘tkazildi.

🔺Olimpiadaning yakuniy bosqichlarida ishtirokchilarning biologiya faniga oid nazariy bilimlari, tahliliy fikrlash qobiliyati hamda amaliy topshiriqlarni bajarish darajasi hakamlar hay’ati tomonidan xolis va adolatli baholandi. Natijada eng yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar aniqlanib, faxrli o‘rin sohiblari e’tirof etildi.

🔺Mazkur olimpiada akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, do‘stona aloqalarni mustahkamlash hamda ularning biologiya faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a comment