🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufidagi akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Ibn Sino izdoshlari” nomli fan olimpiadasining ingliz tili fani bo‘yicha iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan ikkinchi va uchinchi yakuniy bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi.
🔺Mazkur olimpiada ingliz tili fani yo‘nalishida Toshkent davlat tibbiyot universitetining 3-son akademik litseyida universitetning Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish bo‘limi, O‘zbek va xorijiy tillar, pedagogika kafedrasi hamda 3-son akademik litsey rahbariyati hamkorligida tashkil etildi.
🔺Olimpiadaning yakuniy bosqichlarida ishtirokchilarning nazariy bilimlari, til ko‘nikmalari, mantiqiy fikrlashi hamda amaliy topshiriqlarni bajarish darajasi hakamlar hay’ati tomonidan xolis va adolatli baholandi. Natijada eng yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilar aniqlanib, faxrli o‘rinlar sohiblari e’tirof etildi.
🔺Mazkur olimpiada akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, do‘stona aloqalarni mustahkamlash hamda ularning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.






