🔹Toshkent davlat tibbiyot universitetida navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi yuqori saviyada tashkil etilib, o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi. Mazkur yig‘ilish universitetda ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish hamda ustuvor ilmiy yo‘nalishlarni belgilashga qaratildi.
🔹Yig‘ilish davomida professor-o‘qituvchilarning so‘nggi yillardagi ilmiy faoliyati, amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari hamda innovatsion loyihalar yuzasidan batafsil taqdimotlar tinglandi. Ilmiy ishlar samaradorligini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔵Mazkur Ilmiy kengashda bir qator professor-o‘qituvchilarga professor va dotsent ilmiy unvonlarini topshirish marosimi ham tantanali ravishda o‘tkazildi. Bu esa universitet ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish va ilmiy maktablarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
🔵Yig‘ilish yakunlari Toshkent davlat tibbiyot universitetida ilmiy muhitni mustahkamlash, zamonaviy tibbiyot fanini rivojlantirish hamda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash yo‘lidagi muhim bosqich sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.







