Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish oliy maktabi rektori tashrif buyurdi

🔹 Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish oliy maktabi rektori, tibbiyot fanlari doktori Guzel Ernstovna Ulumbekova tashrif buyurdi.

🔺Nufuzli mehmonni universitet rektori, professor Shuxrat Boymuradov kutib oldi.

🔹Tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinib, istiqboldagi qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi.

🔺Mazkur tashrif tibbiyot ta’limi va sog‘liqni saqlash tizimida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

🔹 Qisqa fursatlardan so‘ng uchrashuv yakunlari bo‘yicha to’liq va batafsil ma’lumot taqdim etiladi.

Leave a comment