🔺Tadbirga maʼruzachi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari doktori Mirzayev G‘ulom Rizoqulovich (“Amir Temur – buyuk davlat arbobi va Temuriylar Renessansi bunyodkori”) taklif qilindi. Shundan so‘ng talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy qismga berildi.
🔺 Talabalar tomonidan “Amir Temur saroyi” mavzusidagi sahna ko‘rinishi, kuy-qo‘shiqlar va sheʼrlar taqdim etildi. Badiiy qismni tashkillashtirishda universitet Madaniyat uyi yaqindan yordam berishdi. Shuningdek, tadbirda 1 son davolash fakulteti guruh talabalari va tyutori faol bo‘lishdi. Tadbir so‘nggida “Amir Temur tarixi bilimidoni” mavzusida viktorina o‘tkazildi. Viktorina savollariga aniq javob bergangʻ talabalar esdalik sovg‘alar va “Temur tuzuklari” kitobi bilan taqdirlandi. Maʼruzachilarga esa “Faol ishtiroki uchun” maxsus sertifikat taqdim etildi. Tadbir juda sermazmun o‘tdi.


