🔺Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti «HUMO» сlub a’zolari Rossiya Federatsiyasining Astraxan shahrida, Astraxan davlat tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tayotgan Kaspiybo‘yi talabalari o‘rtasidagi xalqaro jarrohlik olimpiadasida faol ishtirok etmoqdalar.
🔺Ushbu jamoa ishtiroki Oilaviy Tibbiyotda Xirurgik kasalliklar kafedrasi mudiri professor O.R. Teshayev rahbarligida amalga oshirilmoqda.
🔺Mazkur olimpiada talabalarga o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, xalqaro tajriba almashish hamda jarrohlik yo‘nalishida o‘z salohiyatini namoyon etish imkonini bermoqda.
✔️ 1-kun natijalari:
🔹 Tugun bog‘lash — 3-o‘rin
🔹 Urologiya — 2-o‘rin
🔹 Abdominal jarrohlik — 3-o‘rin
🔹Axill — 2-o‘rin
🔹 Desmurgiya — 3-o‘rin
🔹 Jarrohlik asboblari — 2-o‘rin
🔺Humo Club jamoasini ushbu natijalar bilan tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda yanada yuqori yutuqlar tilaymiz!




