Toshkent davlat tibbiyot universitetida tibbiy reabilitatsiyaning dolzarb masalalariga bag’ishlangan xalqaro anjuman o’tkazildi

🔹 2026-yil 23–24 aprel kunlari Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Tibbiy reabilitatsiyadagi zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

🔹 Ushbu nufuzli tadbirda Fransiya, Germaniya, Yaponiya, AQSH, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi davlatalrdan mutaxassislar ishtirok etib, tibbiy reabilitatsiya sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilindi.

🔹 Xalqaro anjuman dasturi doirasida o’tkazilgan plenar yig‘ilishlar, tematik seksiyalar, mahorat darslari va reabilitatsiya markazlariga tashriflar amalga oshirilib, Christoph Gutenbrunner, Mark Soubiran, Gérard Hermant, Makoto Kono kabi dunyoning yetakchi olimlari o’z maruzalari va tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.

🔹Shuningdek, tadbir davomida Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

🔹 Tadbirda ishtirokchilar uchun amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va zamonaviy reabilitatsiya texnologiyalarini o‘rganish imkoniyati yaratildi.

Leave a comment