🔺 Universitetda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, axloqiy va ma’naviy tamoyillarni hayotga tatbiq etish, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ongli munosabat bildirish hamda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
🔺 Milliy o‘zlik – insonning o‘z millatiga mansubligini anglash, o‘z xalqining tili, tarixi, qadriyatlari, urf-odatlari, ma’naviy merosi va ijtimoiy hayotiga daxldorligini his etishidir. U shaxsning tarixiy xotirasi, ma’naviy tayanchi va hayotiy yo‘lini belgilovchi ichki mezondir. O‘z milliy o‘zligini chuqur anglagan talaba ma’naviy yetuk, tafakkuri mustaqil, o‘zligini tanigan va kelajakka ishonch bilan qaraydigan shaxs sifatida voyaga yetadi.
🔺 Dars jarayonida talabalar milliy o‘zlik, milliy mansublik, tarixiy xotira, milliy qadriyat, ajdodlar merosi, fuqarolik mas’uliyati kabi tushunchalarni aniq farqlab, ularning shaxs kamoloti, jamiyat barqarorligi va davlat taraqqiyotidagi o‘rnini izohlab berdilar savol-javob tarzida qizg’in o’tkazildi.
🔹 YoBIB dekan o’rinbosari: M.M.Alimova
🔘 1-kurs ma’sul tyutorlari: Y.B.Ulasheva, M.A.Po’latova
Fakultet tyutorlari: S.S.Ravshanov, B.M.Anorboyev, D.X.Eshquvvatov.



