Toshkent davlat tibbiyot universiteti pedagoglari akademik mobillik dasturi doirasida TOP-1000 ro’yxatidagi universitetda ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o’tkazdi

🔹2026-yil 23–24-aprel kunlari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Dermatovenerologiya, bolalar dermatovenerologiyasi hamda Simulyatsion ta’lim, klinik modellashtirish, stomatologiya va bolalar stomatologiyasi kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida joylashgan Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida akademik mobillik dasturi doirasida ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mahorat darslari o’tkazildi.

🔹Jumladan, Dermatovenerologiya, bolalar dermatovenerologiyasi kafedrasi mudiri, professor Kaxramon Xaitov, dotsentlari Alisher Abidov, Xasanxodja Abidov hamda Simulyatsion ta’lim, klinik modellashtirish, stomatologiya va bolalar stomatologiyasi kafedrasi dotsenti Baxtiyor Karimov talabalar, magistrant va rezidentlarga mutaxassislik fanlari bo’yicha ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mahorat darslarini olib bordilar.

🔍 Mashg‘ulotlar doirasida zamonaviy dermatovenerologiya, bolalar dermatovenerologiyasi, teri-tanosil kasalliklarning xususiyatlari, ularni klinik kechishi, tashxisoti, davlash va profilaktikasi mavzularini qamrab oldi.

🔹Shuningdek, universitet professor-o’qituvchilari nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash, tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratib, yosh mutaxassislar uchun mahorat darslarini o’tkazdilar.

🔹 Mazkur akademik mobillik dasturi ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🔹Ma’lumot uchun: Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti Qozog‘istonning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, QS World University Rankings 2026 xalqaro reytingida dunyoning TOP-1000 universitetlari qatoridan joy olgan (761-770-o‘rin).

Leave a comment