💠 Joriy yilning 22–29-aprel kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi I.I. Mechnikov davlat tibbiyot universitida xizmat ishtirok etishdi. Ushbu tashrif davomida biz nafaqat ilmiy almashinuv, balki xalqaro tajriba orttirish imkoniyatiga ham ega bo‘ldik.
🔺 Delegatsiya tarkibida Bolalar kasalliklari kafedrasi dotsenti, ilmiy loyiha rahbari Abdullayeva D.T, Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan-ta’lim boshqarmasi bosh mutaxassisi Abdullayeva D.G hamda Yoshlar akademiyasi Davolash fakulteti lideri Orifjonov D.R ishtirok etdilar.
🔺 Mazkur Tashrif davomida “Kelajak nevrologiyasi”, “Zamonaviy biotexnologiyalar: fan va amaliyot uchun” nomli konferensiyalar hamda Xalqaro DNK kuni 2026 doirasidagi Butunrossiya forumida faol ishtirok etishdi.
Shuningdek, tashrif doirasida quyidagi innovatsion grant loyihasi yuzasidan muhokamalar olib borildi:
“Bolalarda differensiyalanmagan biriktiruvchi to‘qima displaziyalarini diagnostika qilish uchun innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish”.Mazkur tashrif biz uchun ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yangi bilim va tajriba orttirish hamda kelgusidagi loyihalar uchun muhim qadam bo‘ldi.


