Toshkent davlat tibbiyot universitetida yurtga sadoqat va vatanparvarlik ruhidagi ezgu an’ana davom etmoqda!

🔺Universitetda har bir dars jarayoni talabalarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini joʻr bo‘lib, yuksak ruh va faxr bilan kuylashi orqali boshlanadi. Bu esa yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat hamda yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi.

🔺 Davlat madhiyasining jarangdor sadolari ostida boshlangan har bir kun talabalarga kuch-g‘ayrat, ilhom va ulkan mas’uliyat bag‘ishlaydi.

✨ Yangi Oʻzbekistonning bilimli, vatanparvar va fidoyi yoshlari aynan shu maskanda kamol topmoqda!

2-davolash fakulteti

Leave a comment