🔺 Yig‘ilish kun tartibi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Husan Ravshanovning ma’ruzasi tinglandi. Unda universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar, joriy etilgan mexanizmlar hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
🔺 Ma’ruza davomida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida e’lon qilingan “favqulodda holat” doirasida universitetda “Korrupsiyadan xoli hudud” loyihasini izchil davom ettirish va uning samaradorligini yanada oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
🔺 Shuningdek, xizmat intizomi va ichki nazorat masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida mehnat intizomiga rioya etmagan hamda o‘z vazifasiga mas’uliyatsiz yondashgan ayrim xodimlarga nisbatan qat’iy intizomiy choralar qo‘llanilgani, jumladan, ayrim hollarda mehnat shartnomalari bekor qilingani qayd etildi.
🔺 Yig‘ilish yakunida universitet nufuzini asrash, jamoada halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda ta’lim jarayonini to‘liq shaffoflashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.