Ayni damda Toshkent shahridagi UzExpo Markazida O‘zbekiston stomatologlarining VIII Xalqaro ilmiy-amaliy kongressi hamda O‘zbekiston stomatologlar assotsiatsiyasining IX qurultoyi boshlandi

Mazkur nufuzli tadbir stomatologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar, olimlar va amaliyotchi shifokorlarni bir maydonga jamlab, zamonaviy davolash usullari, innovatsion texnologiyalar hamda sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Kongress va qurultoy doirasida ishtirokchilar uchun ilmiy ma’ruzalar, amaliy seminarlar, mahorat darslari hamda tajriba almashish sessiyalari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va stomatologiya xizmatlari sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbirda mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etib, o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Ushbu kongress va qurultoy stomatologiya sohasining yanada rivojlanishiga katta hissa qo’shishi kutilmoqda.

Leave a comment