Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari G’alaba bog’iga tashrif buyurdi

🔺2026-yil 4-may kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-Davolash fakulteti 206-guruh talabalari tyutor A.J.Toshniyozov boshchiligida G’alaba bog’iga tashrif buyurdi.

🔹Tashrif davomida talabalar bog‘ hududida joylashgan Shon-sharaf davlat muzeyi, “Mangu jasorat” hamda “Matonat madhiyasi” monumentlari faoliyati va ularning tarixiy ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.

🔺Muzey eksponatlari orqali talabalarga 1941–1945-yillardagi urush davrida xalqimizning front va front ortidagi fidokorona mehnati, jasorati hamda matonati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, urush davriga oid videomateriallar, tarixiy hujjatlar hamda harbiy texnika namunalari namoyish etildi.

🔹Mazkur tashrif talabalarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ajdodlarimizning jasorati va matonatini chuqur anglash hamda ularda vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Leave a comment