🔺 Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-kurs talabalari ishtirokida Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
🔹 Tashrif davomida talabalar gid tomonidan berilgan batafsil tushuntirishlar orqali Islom sivilizatsiyasi tarixi, uning rivojlanish bosqichlari hamda yurtimizda shakllangan ilmiy-ma’naviy meros haqida keng bilimlarga ega bo‘ldilar.
🔺Ushbu maskan talabalarda tarixiy xotiraga hurmat, milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy bilimlarni chuqurlashtirishga xizmat qilishi bilan katta taassurot qoldirdi. Binodagi betakror me’morchilik va tarixiy yodgorliklar esa ularda yuksak estetik zavq uyg‘otdi.
🔹 Tashrif yakunida talabalar boy ma’naviy ozuqa olib, o‘z bilim va dunyoqarashlarini yanada boyitgan holda qaytdilar.



