🔹2026-yil 5-may kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida Ijtimoiy fanlar kafedrasi hamda 2-Davolash fakulteti tomonidan 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔹Tadbirni kirish so‘zi bilan universitet Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti N.Sh.Niyozova boshlab berdi. Tadbirga maʼruzachi sifatida Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus fakultet boshlig‘i, Tarix fanlari doktori, dotsenti Xaqnazarov Xudoyberdi Dilmurodovich (“Burch, jasorat, matonat!”) hamda Jamoat xavfsizligi universiteti talablalari Boboxonov Tolibjon Rustam oʻgʻli, Baxriddinova Sevinch Farxodovna, Abdixalilova Dilnavoz Sherzod qizi, Tojiboyev Otabek Hasanovich taklif qilindi.
🔹Shundan so‘ng 2-Davolash fakulteti tyutorlari hamda talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy qismga navbat berildi. Talabalar tomonidan “Xotira va qadrlash kuni” mavzusidagi sahna ko‘rinishi, kuy-qo‘shiqlar va sheʼrlar taqdim etildi.
🔹Tadbir so‘ngida Toshkent davlat tibbiyot universitetida faoliyat yuritgan professor-o‘qituvchilar xotirasiga bag‘ishlangan videorolik taqdim etildi. Maʼruzachilarga esa “Faol ishtiroki uchun” maxsus sertifikat taqdim etildi. Tadbir juda sermazmun o‘tdi.



