🔹Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetida Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va Germaniyadan tashrif buyurgan yetakchi stomatologiya mutaxassislari bilan universitet rahbariyati o’rtasida muhim uchrashuv bo’lib o’tmoqda.
🔹Uchrashuv “MEGA MASTER” xalqaro tanlovi doirasida o‘tkazilmoqda. Tomonlar o‘rtasida stomatologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.
🔹Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda stomatologiya sohasida ta’lim va ilm-fan rivojiga xizmat qiladi.



