🔹2026-yil 4-6-may kunlari Toshkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro hamkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, shuningdek akademik mobillik doirasida o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tibbiyot markazlarining professor-o‘qituvchilari hamda mutaxassislarini jalb etish maqsadida universitetning Jamoat salomatligi maktabi hamda Yaponiyaning Juntendo universiteti bilan hamkorlikda seminar-trening shaklida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
🔹Treningdan asosiy maqsad — keksa yoshdagi aholining umumiy sog‘lig‘ini kompleks baholash, ayniqsa ularning jismoniy va funksional holatini, shuningdek og‘iz bo‘shlig‘i funksiyalarini (oral frailty) aniqlashdan iborat. Ushbu jarayonda qon bosimi, tana tarkibi, mushak kuchi, muvozanat, yurish tezligi kabi ko‘rsatkichlar hamda chaynash, til bosimi, nutq va og‘iz namligi kabi parametrlar baholanadi.
🔹Olingan natijalar asosida erta bosqichda kasalliklar xavfini aniqlash, funksional pasayishlarni oldini olish va individual sog‘lomlashtirish tavsiyalarini ishlab chiqish ko‘zda tutiladi. Trening, shuningdek, tibbiyot xodimlarining zamonaviy diagnostika usullari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.





