Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Koreyaning Yonsei Universiteti vakillari tashrif buyurdi

🔹 Toshkent davlat tibbiyot universitetida Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri Yonsei Universiteti stomatologiya klinikasi rahabriyati bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔺 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad stomatologiya va sog‘liqni saqlashning tuli hil sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalar almashinuvi hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

🔹 Ma’lumot uchun: Yonsei University Dental Hospital – 1960-yillarda Severance tizimi asosida shakllangan bo‘lib, hozirda Koreyadagi yetakchi stomatologik markazlardan biri hisoblanadi. Klinikada ortodontiya, implantologiya, jarrohlik stomatologiyasi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 10 dan ortiq ixtisoslashgan bo‘limlar faoliyat yuritadi.

Leave a comment