🔺Mazkur tadbir davomida yurtimiz tinchligi, bugungi osoyishta hayotimiz va farovon kelajagimiz yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etildi. Tadbirda ishtirok etgan talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, she’riy chiqishlar hamda vatanparvarlik ruhidagi kompozitsiyalar namoyish etilib, ularning mazmuni orqali jasorat, fidoyilik va milliy qadriyatlarga sadoqat g‘oyalari keng targ‘ib qilindi.
🔺Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga hurmat, shuningdek, tinchlik va osoyishtalikning bebaho ne’mat ekanligini chuqur anglash tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
➡️Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir talaba-yoshlarning milliy o‘zlikni anglashini kuchaytirish, ularni yuksak ma’naviyatli va vatanparvar shaxslar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.
🕊 Xotira abadiy, qadr muqaddasdir!
🗓 Sana: 07.05.2026






