Toshkent davlat tibbiyot universiteti 5-talabalar turar joyida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamoaviylik muhitini mustahkamlash maqsadida “Mehr Ko‘prigi” klubi tomonidan QUIZ intellektual o‘yini tashkil etildi.

🔺 Mazkur tadbir yuqori kayfiyat va kuchli raqobat ruhida o‘tib, unda 10 dan ortiq jamoalar ishtirok etdi. O‘yin davomida talabalar o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi, mantiqiy yondashuvi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Qiziqarli savollar, interaktiv jarayonlar va samimiy muhit ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Primus jamoasi
🥈 2-o‘rin — Cielo jamoasi
🥉 3-o‘rin — Irfon jamoasi

🔺Mazkur intellektual o‘yin talabalarning bilim darajasini oshirish, erkin fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni faol va tashabbuskor bo‘lishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.

➡️ Barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani uchun minnatdorlik bildiriladi hamda kelgusidagi tadbirlarda ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Leave a comment