Toshkent davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

Mavzu “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qoʻllash” boʻlib oʻtdi, u 2026-yil 30-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida boʻlib oʻtdi.

🔺 Mazkur nufuzli anjumanda Rossiya, Belarus, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston davlatlaridan tibbiyotning turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan yetuk olimlar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashib, o‘zaro tajriba almashdilar.

🔺 Konferensiya doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi a’zolari tomonidan xirurgiya, terapiya, ginekologiya va pediatriya yo‘nalishlarining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi. Ushbu chiqishlar zamonaviy tibbiyotda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, profilaktik tibbiyot samaradorligini oshirish hamda klinik amaliyotda ilg‘or tajribalarni qo‘llash masalalarini qamrab oldi.

🔺Shuningdek, konferensiya jarayonida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Oilaviy tibbiyotda bolalar kasalliklari kafedrasi mudiri, professor I.A. Karimdjanov hamda professor L.K. Raxmanova tomonidan pediatrik nefrologiya yo‘nalishida profilaktik amaliyotning bugungi kundagi dolzarb muammolari va ularning yechimlariga bag‘ishlangan mazmunli ma’ruzalar tinglandi. Ushbu ma’ruzalar ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

➡️Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tibbiyot sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda malakali mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Leave a comment