🔺Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida Webster University in Tashkent rektori, professor Jan Pol van Marissing hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔹Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini samarali tashkil etish hamda xalqaro standartlar asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🔺Shuningdek, 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul kvotalarini belgilash, ta’lim jarayonini zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etish, professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🔹Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdilar.
🔺Uchrashuv yakunida mehmonlar Toshkent davlat tibbiyot universitetining o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda mavjud infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, universitetda yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.





