🔺2026-yil 7-may kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2025/2026 oʻquv yili bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish doirasida “Tibbiy profilaktika ishi” taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasi raisi, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Gigiyena va radiatsion xavfsizlik kafedrasi mudiri, professor Damir Zaredinov bilan uchrashuv tashkil etildi.
🔹Uchrashuvda “Tibbiy profilaktika ishi” taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilari, mutaxassislik kafedralari mudirlari (Ermatov N.J., Nuruzova Z.A., Salomova F.I.) va Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayoniga jalb etilgan professor-oʻqituvchilar ishtirok etdilar.
🔺Uchrashuv davomida talabalarga “Tibbiy profilaktika ishi” taʼlim yoʻnalishida Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi va bosqichlari, talabalarning majburiyat va imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi, Yakuniy davlat attestatsiyasi Nizomi bilan tanishtirildi.
🔹Nizomga koʻra “Tibbiy profilaktika ishi” taʼlim yoʻnalishida Yakuniy davlat attestatsiyasi 7 ta mutaxassislik fanlari (Epidemiologiya, Kommunal gigiyena, Mehnat gigiyenasi, Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi, Ovqatlanish gigiyenasi, Radiatsion gigiyena, Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya)dan 2-bosqichda (mutaxassislik fanlaridan integral test sinovi, mutaxassislik fanlaridan OSI) amalga oshiriladi.
🔺2025-2026 oʻquv yilida Yakuniy davlat attestatsiyasini sifatli tarzda oʻtkazish uchun mutaxassislik fanlaridan maslahatlar tashkil etilganligi boʻyicha talabalarga maʼlumot berildi.
🔹Uchrashuv yakunida Yakuniy davlat attestatsiyasi raisi Damir Zaredinov bitiruvchilaraga Yakuniy davlat attestatsiyasiga maʼsuliyat bilan yondoshib, tayyorlanishlari, kelgusida aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash boʻyicha shifokorlik faoliyatida muhim oʻrin tutishini taʼkidladilar.


