2026-yil 4-may
🔸Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Zakovat Ayollar Ligasi”ning so‘nggi — 7-turi yuqori saviyada, keskin va murosasiz intellektual bellashuvlar ostida muvaffaqiyatli yakunlandi.
💠Final bosqichi davomida ishtirokchi jamoalar o‘zlarining chuqur bilimlari, tezkor fikrlashi va aniq strategiyasi bilan ajralib turdi. Har bir savol atrofida kechgan bahs-munozaralar musobaqaning naqadar jiddiy va yuqori darajada tashkil etilganini yana bir bor tasdiqladi.
🔹Mazkur 7-tur nafaqat musobaqaning yakuniy bosqichi, balki talaba-qizlarning intellektual salohiyati, liderlik qobiliyati va jamoaviy ishlash madaniyati namoyon bo‘lgan muhim maydonga aylandi.
🔸Xotin-qizlar kengashi nomidan barcha ishtirokchilarga butun musobaqa davomida ko‘rsatgan faolligi, intizomi va ilmga bo‘lgan yuksak intilishi uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Sizning har bir yutug‘ingiz — universitetimiz nufuzining yuksalishiga xizmat qiladi.
❗️Tez kunda final bosqichi boʻlib oʻtadi


