2026-yil 5-may kuni o‘tkazilgan mazkur mushoira davomida talaba-yoshlar, xususan faol talaba-qizlar shoiraning boy ijodiy merosi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ular Halima Xudoyberdiyeva ijodining yosh avlodni vatanparvarlik, sadoqat, mehr-oqibat hamda insoniylik ruhida tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyatini alohida ta’kidladilar.
Tadbir jarayonida shoiraning chuqur ma’no va yuksak badiiy hissiyotlarga boy she’rlari ifodali tarzda o‘qildi, ularning mazmun-mohiyati keng tahlil qilindi. Ishtirokchilar tomonidan asarlardan namunalar sahnaviy va badiiy talqinda ijro etilib, adabiyotga bo‘lgan qiziqish yanada oshirildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir talaba-yoshlarning badiiy didini shakllantirish, milliy adabiyotimizga hurmatni kuchaytirish hamda ularni ma’naviy barkamol shaxslar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mas’ul shaxs: Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D.A. Usta-Azizova
Tashkilotchi: Abduraufova Aziza