Mazkur tashabbus doirasida Toshkent shahri Yunusobod tumani 327-maktabning 1–2-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda shaxsiy gigiyena qoidalari keng va tushunarli tarzda yoritildi. Talabalar tomonidan bolalarga tozalikni saqlash sog‘liqni asrash, turli yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim omil ekani sodda va qiziqarli uslubda tushuntirildi.
Ayniqsa, ovqatlanishdan oldin va tashqaridan kelgandan so‘ng qo‘llarni yuvish zarurligi, gigiyenik odatlarga rioya qilishning kundalik hayotdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Mashg‘ulot davomida ma’lumotlar o‘quvchilarning yosh xususiyatidan kelib chiqib, interaktiv va tushunarli shaklda yetkazildi.
Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida kichik so‘rovnoma o‘tkazilib, ular mavzuni yaxshi o‘zlashtirganliklarini namoyon etdilar. Shuningdek, uchrashi mumkin bo‘lgan gigiyenik xatolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari tomonidan olib borilayotgan profilaktik va targ‘ibot ishlari orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbus sifatida ahamiyat kasb etdi.
Guruh tyutori: Irgashev Otabek Alimovich