🔺Joriy yilning 6 va 7 may kunlari Toshkent davlat tibbiyot universitetida, Tibbiy-pedagogika fakulteti bitiruvchi kurs talabalari bilan Davlat attestatsiya komissiyasi (DAK) raisi D.A. Raximova ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida yakuniy davlat attestatsiya jarayonlari, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi hamda kelgusidagi faoliyati yuzasidan muhim tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, attestatsiya sinovlarini muvaffaqiyatli topshirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
🔺Muloqot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda kelgusidagi kasbiy faoliyat, tibbiyot sohasidagi mas’uliyat va shifokor odobi haqida foydali tavsiyalar tingladilar. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, bitiruvchi yoshlarning kelajakdagi faoliyatiga motivatsiya bag‘ishladi.
🔺Shuningdek, uchrashuv davomida zamonaviy tibbiyotda innovatsion yondashuvlar, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishning ahamiyati hamda doimiy bilim va tajribani oshirib borish zarurligi ta’kidlandi. Bitiruvchi talabalar universitetda olgan nazariy va amaliy bilimlarini kelgusidagi faoliyatida samarali qo‘llashlari lozimligi qayd etildi.



