🔺Joriy yilning 5-may kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti talabalari o‘rtasida “Mutolaa maskani” kitobxonlik to‘garagining navbatdagi soni mazmunli va qiziqarli tarzda o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalar o‘zaro fikr almashib, badiiy asarlar orqali hayotiy xulosalar chiqarishga harakat qildilar.
🔺Ushbu yig‘ilishda “Kecha va kunduz”, “Baxtiyor oila”, “Bonu”, “Bahor qaytmaydi” hamda “Jimjitlik” asarlari muhokama qilinib, ularning mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati va bugungi kundagi dolzarbligi yuzasidan fikrlar bildirildi. Talabalar faol ishtirok etib, o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
🔹Mas’ul tyutor: Shamudinova Feruza Mirxamitovna
🔹“Mutolaa maskani” klubi rahbari va yordamchisi: S.N. Talatova; S.Islomova.
🔹“MedDominus” klubi rahbari va yordamchisi: J.R. Abdiqodirov, D.B. Bahodirova.



