🔺 Joriy yilning 5-may kuni universitetning 2-korpusida 1-Pediatriya fakultetining 2-bosqich talabalari ishtirokida “OITS — asr muammosi: ogohlik va mas’uliyat birlashgan nuqtada” hamda “OITS va biz: profilaktika hamda sog‘lom kelajak” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.
🔺 Mazkur tadbirda Dermatologiya kafedrasi dotsenti Xodjayeva C.M., PhD Nabiyeva D.D., 1-Pediatriya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Usta-Azizova D.A. hamda fakultet bosh tyutori Xidirova Sh. ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordilar.
🔺 Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan OIV (odam immunitet tanqisligi virusi) va OITS tushunchalari o‘rtasidagi farqlar, kasallikning yuqish yo‘llari, zamonaviy tibbiyotda ushbu kasallikni nazorat qilish va oldini olish bo‘yicha erishilayotgan natijalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘z vaqtida tibbiy tekshiruvlardan o‘tish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish hamda sog‘lom turmush tarzini olib borishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
💬 Tadbir yakunida savol-javoblar tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha va asosli javoblar oldilar.
➡️Mazkur davra suhbati yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, ularning tibbiy madaniyatini oshirish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.



