Joriy yil 27-oktabr kuni Prezidentimiz tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvda barcha yo‘nalishlar qatorida sohada ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilab bergan
edi. Bugun Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Adham Xudaykulov boshchiligida ushbu vazifalar ijrosi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik mas’ullari, respublika tibbiyot markazlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, tibbiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari, farmatsevtika sohasi vakillari ishtirok etdi. Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan tadbirda tibbiyotda ilm-fan holati, oliy ta’lim muassasalari va respublika darajasidagi markazlarning ilmiy salohiyati, ilmiy ishlar […]









