photo_2026-09-24_18-33-19
“MARD O‘G‘LON” SPORT TANLOVI!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-pediatriya fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan   qiziqishni oshirish maqsadida “Mard o‘g‘lon” sport tanlovi tashkil etildi.  Tanlov yo‘nalishlari: Yugurish Armrestling Tosh ko‘tarish Turnikda tortilish Arqon tortish Kuch va chaqqonlik mashqlari Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining kuchi, chaqqonligi, chidamliligi va jamoaviy ruhini namoyon etdilar.