photo_2025-09-29_19-45-18
Tibbiyot muassasalaridagi amaliyot: talabalar uchun mas’uliyatli jarayon

➡️So‘nggi yillarda “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tashi joriy qilindi. Talabalar amaliyotga chiqishidan oldin yangi o‘quv yili boshida bir oy davomida akademik qarzdorliklarini bartaraf etishi, to‘lov-kontraktlarni amalga oshirishi, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashi uchun imkoniyatlar beriladi. Avvalgi yillar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, […]

“Besh tashabbus olimpiadasi”
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Farmatsiya, Menejment, Tibbiy biologiya, Biotibbiyot muhandisligi va Oliy ma’lumotli hamshira fakultetlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasining guruh bosqichi yuqori sport kayfiyatida, qizg‘in va do‘stona ruhda o‘tdi.

Talaba qizlar musobaqada o‘z mahoratlari, chaqqonligi va irodasini namoyon etib, g‘alaba uchun munosib kurash olib bordilar. Guruh bosqichi g‘olib va sovrindorlari: 1-o‘rin — Kenjayeva Barno Azim qizi (OMH 302-guruh) 2-o‘rin — Baxriyeva Hilola (OMH 302-guruh) 3-o‘rin — Ibraximova Ma’zguna (Farmatsiya fakulteti, 1-kurs) Barcha ishtirokchilarni faol ishtiroki va sportga bo‘lgan qiziqishi uchun tabriklaymiz! Bunday musobaqalar yoshlar […]