photo_2025-10-17_19-59-33
O‘zbekiston va Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirlari tibbiyot talabalari bilan uchrashdi

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyarov hamda Qozog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Akmoral Alnazarova ishtirokida yosh tibbiyot talabalari bilan samimiy va ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv O‘zbekiston va Qozog‘iston tibbiyot yoshlari do‘stlik tadbirlari doirasida tashkil etilib, ikki mamlakat tibbiyot sohasidagi hamkorlik, innovatsiyalar va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga […]

“Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga start berildi
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Davolash-1 fakultetida talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga start berildi

Tadbirning ochilish marosimida yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi D.N. Kirgizbaev hamda Davolash ishi yo‘nalishi dekani I.O. Atajonov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladilar. Ular yoshlarni sport orqali sog‘lom va faol hayot tarziga intilishga chorladilar. Olimpiada doirasida quyidagi sport turlari bo‘yicha bellashuvlar boshlandi: Futbol — 24 ta jamoa, Voleybol (qizlar jamoasi) — 12 ta, Voleybol (o‘g‘il bolalar […]