Sport – sog‘lom hayot garovi! Toshkent davlat tibbiyot universitetida qishki ta’til kunlarini talabalar uchun mazmunli va samarali tashkil etish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida Xalqaro fakultet talabalari o‘rtasida voleybol sport musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur musobaqalar talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, jamoaviylik, intizom va o‘zaro hurmat kabi muhim fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar epchillik, tezkorlik va sport mahoratini namoyon etib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Musobaqalar do‘stona, bir vaqtning o‘zida raqobatga boy muhitda o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini ishga solib, […]
