Toshkent davlat tibbiyot universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri
🔵Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tibbiyot sohasi vakillari hamda talaba-qizlar ishtirok etmoqda. Tadbir davomida ayollarning ilm-fan, ta’lim va tibbiyot sohasidagi o‘rni, ularning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi alohida ta’kidlanmoqda. Shuningdek, tadbir doirasida bayramona konsert dasturi, badiiy chiqishlar va samimiy tabriklar yangramoqda. ➡️Mazkur tadbir universitet jamoasida ayollarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


