11
Toshkent davlat tibbiyot universitetida ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tadi.

🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF-6221-son farmonida belgilangan talablarning ijrosini ta’minlash Toshkent davlat tibbiyot universiteti va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘quv va ilmiy jarayonlarni yanada rivojlantirish maqsadida: 🔺 Joriy yilning 25-mart kuni Toshkent davlat tibbiyot […]

1
“Dekan va yoshlar” uchrashuvi – talabalar bilan ochiq muloqot!

🔺Bugun ToshDavTU Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti dekani, dotsent A.R. Valiyev 2-kurs talabalari bilan “Dekan va yoshlar” mavzusida uchrashuv o‘tkazdi. 🔺Uchrashuv davomida talabalar dekanga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Suhbat ochiq va samimiy muhitda o‘tdi, talabalar ta’lim, fakultet hayoti va kelajakdagi kasbiy imkoniyatlar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 🔺Dekan A.R. Valiyev talabalarning […]

1
“Ayollarni e’zozlash – jamiyat barqarorligining asosi”!

🔺ToshDavTU Ijtimoiy fanlar va pedagogika kafedrasi mudiri, professor Sh.Shoyimova tashabbusi bilan professor-o’qituvchilar va Yunusobod tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik K.D.Baxitova ishtirokida Yunusobod tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Ayollarni e’zozlash – jamiyat barqarorligining asosi”! mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🔵Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning huquq va manfaatlarini himoya […]

1
Hashar – elga yarashar!

🔺Yurtimizda “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hashari doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya kampusida ham hashar tadbiri tashkil etildi. Hashar davomida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar faol ishtirok etib, kampus hududini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Hudud tozalanib, daraxtlar atrofi tartibga keltirildi, gulzorlar parvarish qilindi hamda atrof-muhit yanada obod va ko‘rkam holatga keltirildi. […]

photo_2026-03-17_11-06-30
Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilayotgan talabalar ligasi futbol musobaqasining 2-tur uchrashuvlari yanada shiddatli va murosasiz ruhda davom etmoqda!

Maydonda jamoalar o‘z mahorati, tezkorligi va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoqini namoyish etib, muxlislarga haqiqiy futbol bayramini taqdim etishmoqda! 2-tur natijalari: SAMPI-2 — Liverpool 10:0 SAMPI-2 jamoasi ajoyib o‘yin namoyish etib, raqibini yirik hisobda mag‘lub etdi! Lapassion — Medicion 3:2 Keskin va dramatik uchrashuvda Lapassion jamoasi so‘nggi daqiqalargacha kurash olib borib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi! Ushbu […]

1
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan 1-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari uchun “Mahorat darsi” tashkil etildi.

🔺2026 yil 14-mart kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari Utayev G‘ayrat G‘aybullayevich hamda Xudoyberdiyev Rashid Zokir o‘g‘li 1-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurib, o‘quvchilar uchun mahorat darsini o‘tkazdilar. 🔺Mazkur mahorat darsi “Xalqaro terrorizm tushunchasi. Terrorchilik holati sodir etilganda tibbiy yordamni tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars davomida […]

photo_2026-03-17_15-37-47
TALABALAR LIGASI SPORT MUSOBAQASI – YENGIL ATLETIKA YIGITLAR O’RTASIDA BELLASHUV.

Yigitlar orasida o‘tkazilgan eng shiddatli va hayajonli musobaqa – yengil atletika nihoyasiga yetdi. Stadionlar shov-shuv va hayajon bilan to‘ldi, qatnashchilar esa o‘z tezligi, chidamliligi va qat’iyatini namoyish etishdi. Har bir bosqich, har bir metr, har bir musobaqa nafaqat jismoniy, balki ruhiy kuchni sinovdan o‘tkazdi. Yigitlar o‘rtasidagi natijalar: 1-o‘rin: BURGUTLAR (1-son davolash fakulteti) 2-o‘rin: SPARTA (Tibbiy […]

photo_2026-03-13_16-53-37
TALABALAR LIGASI SPORT MUSOBAQASI – YENGIL ATLETIKA QIZLAR O’RTASIDA

Таlabalar orasida o‘tkazilgan eng shiddatli va hayajonli sport musobaqasi – yengil atletika yakunlandi. Musobaqada talabalar o‘z chidamliligi, tezligi va sport ruhini namoyish etdilar. Qizlar o‘rtasidagi natijalar: 1-o‘rin: MENIJMENT (F.M.T.B.T.M va O.M.H I ) 2-o‘rin: LOCHINLAR (Tibbiy pedagogika, pediatriya va Stamatalogiya fakulteti) 3-o‘rin: UCHQUN (2-son davolash fakulteti) Musobaqa ishtirokchilari nafaqat tezlik va chidamlilikni, balki jamoaviy ruh […]

2
Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy seminar tashkil etildi

🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashabbusi bilan Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ma’naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishida seminar tashkil etildi. Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi dotsenti Muxamedova Nigora Saydimuxtarovna hamda kafedra assistenti Shakirova D.D. ishtirok etib, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar. 🔺Seminar “Yoshlar – buyuk […]