#YOSHLAR_ E’TIROFI _ KELAJAKKA_BERILGAN_ YUKSAK_ BAHO
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetining iqtidorli magistrantlari yana bir yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar. «Kardiologiya» yo‘nalishi magistranti Quanishbek Yerejepbayev hamda «Patologik anatomiya» yo‘nalishi magistranti Qadriddin Sayfiddin Hoji Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov tomonidan poytaxt hayotida yil davomida ko‘rsatgan faolligi, tashabbuskorligi va jamoatchilik ishlaridagi munosib ishtiroki uchun maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. […]








