tg_photo-858
ONA TILIM — MILLATIM FAXRI, QALBIM IFTIXORI!

Til — millatning ruhi, xalqning o‘zligi, tarixi va ma’naviyatini o‘zida mujassam etgan bebaho boylikdir. Inson dunyoni ona tili orqali anglaydi, ilk so‘zlarini ona tilida aytadi, o‘z his-tuyg‘ulari, orzu-umidlari va qalb kechinmalarini shu tilda ifoda etadi. Shu bois ona tili har bir inson uchun eng aziz va muqaddas qadriyatlardan biridir. 1989-yil 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat […]

tg_photo-849
Sport — sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni!» shiori ostida “Besh tashabbus sport olimpiadasi”musobaqalarining fakultetlararo bosqichiga start berildi

Mamlakatimizda yoshlar siyosatini qoʻllab-quvvatlash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan ezgu tashabbuslar doirasida joriy yilning 2-oktyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Besh tashabbus sport olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultetlararo bosqichi tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu nufuzli sport bayrami talaba-yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ularning sogʻlom turmush tarziga boʻlgan […]

tg_photo-843
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy psixologik yordam ko’rsatish markazi faoliyatidan!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi talabalarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini tizimli ravishda davom ettirmoqda. Joriy yilning  20 oktabr kuni markaz psixologi E.Safarova tomonidan universitetning 4-bosqich Oliy ma’lumotli hamshira (OMX) yo‘nalishi talabalari ishtirokida guruhli psixologik suhbat o‘tkazildi. Suhbatdan ko‘zlangan asosiy maqsad: Bo‘lajak mutaxassislarning o‘zini anglashi va ichki […]

tg_photo-836
TALABALAR O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Yoshlik talabalar shaharchasi hokimligi tashabbusi bilan hududdagi 8 ta oliy ta’lim muassasasiga qarashli 43 ta talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi.Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda jamoalar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash va topqirlik qobiliyatlarini namoyon etdilar. Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 1-o‘rin — Toshkent tibbiyot universitetining 7-sonli talabalar turar joyiga qarashli “G7” […]

tg_photo-832
“O‘ZBEK TILI – MILLIY O‘ZLIGIMIZ VA MUSTAQIL DAVLATCHILIK TIMSOLI”

“Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi “Ma’rifat darsi” tashkil etildi 2026-yil 19-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetining Stomatologiya yo‘nalishida “Kelajak soati” rukni doirasida “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli” mavzusida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur ma’rifiy tadbirda mehmon sifatida taniqli ijodkor, shoir Bobur Bobomurod ishtirok etdi. Dars davomida o‘zbek tilining xalqimiz ma’naviyati, […]

tg_photo-831
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan tarixiy kun!

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan tarixiy kun! #ONA_TILIM_MILLATIM G‘URURI, QALBIM IFTIXORI! Toshkent davlat tibbiyot universiteti olimlari bugun dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi nufuzli ilmiy anjumanlar minbarlaridan turib, turli tillarda ma’ruzalar qilmoqda. Ilmiy izlanishlarimiz xalqaro maydonda e’tirof etilib, tibbiyotimiz yutuqlari dunyo bo‘ylab qanot yozmoqda. Bizning eng katta faxrimiz shundaki, ana shu xalqaro minbarlarda insoniyat salomatligi […]

tg_photo-830
Ijtimoiy tarmoqlarda foydali kontentlarni tanlang!

Bugungi raqamli axborot makonida har bir ma’lumot ham ishonchli emas. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda axborotlarni saralash, manbalarni tekshirish va mustaqil fikrlash muhim ahamiyatga ega, chunki raqamli muhitda nimani kuzatishingiz nimani o‘rganishingizga ham ta’sir qiladi. Shu bois, talabalarda ma’naviy-axloqiy, diniy va siyosiy savodxonlik, huquqiy bilimlar hamda media madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi foydali Telegram sahifalarni jamladik. Ta’lim va […]

tg_photo-825
MILLIY LIBOSLAR — MILLIY QADRIYATLARIMIZ KO‘ZGUSI

Joriy yilning 16-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakultetining 1- va 3-kurs talaba qizlari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talaba qizlar tomonidan o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, milliy urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan milliy liboslar namoyish etildi. Ushbu tashabbus orqali milliy kiyinish madaniyatini keng targ‘ib qilish, yoshlar qalbida milliy […]