tg_photo-824
“LEADERS INTERVYU” — TALABALAR FIKRI RAHBARIYAT E’TIBORIDA!

Universitet taraqqiyotining muhim omillaridan biri — rahbariyat va talabalar o‘rtasida ochiq, samarali va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishdir. Shu maqsadda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Liderlar klubi yangi — “Leaders intervyu” loyihasiga start beradi! Sizning fikringiz — universitet rivoji uchun muhim! Aziz Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari, universitet hayotini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflaringiz, sizni qiynayotgan muammolar va […]

tg_photo-823
Milliy qadriyat — millat ko‘zgusi!

​Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Davolash fakulteti tyutorlari navbatdagi «Juma — milliy kun» munosabati bilan ish faoliyatini go‘zal va fayzli milliy liboslarimizda boshladilar. Milliy libos nafaqat o‘zligimiz va boy o‘tmishimiz aksi, balki xalqimizning asrlar oshib kelayotgan yuksak madaniyati hamda ma’naviyatining timsolidir. Ushbu xayrli tashabbus talaba-yoshlar qalbida milliy g‘urur, an’analarimizga bo‘lgan hurmat va sadoqat tuyg‘ularini yanada […]

tg_photo-822
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Ona tilim — milliy o‘zlik va ma’rifat poydevori” mavzusida ma’rifiy-adabiy uchrashuv o‘tkazildi

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ma’rifat ulashib” loyihalari doirasida “Ona tilim — milliy o‘zlik va ma’rifat poydevori” mavzusida ma’rifiy-adabiy uchrashuv tashkil etildi. Unda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori T.A. Bobomurodov, taniqli shoir, publitsist va adib, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Eshqobil Shukur, O‘zbekiston Yozuvchilar […]

tg_photo-821
Shifokorlik faqat bilimlar yig‘indisidan iborat emas.

Shifokorlik faqat bilimlar yig‘indisidan iborat emas. Bemorning dardini tinglash, uning xavotirini tushunish, og‘ir damlarda dalda bo‘la olish ham tibbiyot xodimining muhim fazilatlaridandir. Adabiyot esa inson qalbining nozik jihatlarini anglashga yordam beradi. She’riyatga qiziqadigan bo‘lajak shifokor uchun bu ikki yo‘nalish bir-birini boyitishi mumkin. Chunki tibbiyot inson hayotini asrashga, adabiyot esa uning qalbini anglashga xizmat qiladi. https://telegra.ph/BIR-QALBDA-IKKI-ORZU-SHIFO-BERISH-VA-SOZ-AYTISH-10-19 […]

tg_photo-819
Yasmina Xalqaro biologiya olimpiadasi — IBOning birinchi va ikkinchi saralash bosqichlarida ham ishtirok etgan.

Yasmina Xalqaro biologiya olimpiadasi — IBOning birinchi va ikkinchi saralash bosqichlarida ham ishtirok etgan. Xalqaro olimpiada saralashlariga kirishning o‘zi o‘quvchidan puxta tayyorgarlik, mustaqil mutolaa va murakkab savollarga javob izlashni talab qiladi. Bunday jarayonning eng muhim natijasi har doim ham medal bo‘lavermaydi. Ba’zan o‘quvchi o‘z bilimi qayergacha yetganini, yana nimalarni o‘rganishi kerakligini aynan shunday sinovlarda anglaydi. […]

tg_photo-818
Toshkent tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakulteti 106 b guruh talaba tomonidan video rolik tayyorlandi

Ona tili – bu millatning ruhidir… Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. 1989 yilning 21 oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. “O‘zbek tili bayrami kunini […]

tg_photo-817
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

16-oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusidagi respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning turli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan iqtidorli talaba-yoshlar hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Tadbir davomida yoshlarning ijodiy ishlari Vatan ravnaqi, […]

tg_photo-816
Muqaddam bolaligidan shaxmatga qiziqadi.

Muqaddam bolaligidan shaxmatga qiziqadi. Shaxmat — oddiy o‘yin emas. U diqqatni jamlash, mantiqiy fikrlash, vaziyatni tahlil qilish va qaror uchun mas’uliyatni his etishga undaydigan aqliy mashg‘ulot. Bu ko‘nikmalar bo‘lajak shifokor uchun ham ahamiyatli. Tibbiyotda har bir holatni chuqur o‘rganish, dalillarga asoslanish, turli omillarni solishtirish va shoshilinch xulosalardan tiyilish talab etiladi. https://telegra.ph/IMKONIYAT-KUTILMAYDI-UNI-YARATISHADI-10-19 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | […]

tg_photo-809
“Ona tilim — milliy o‘zlik va ma’rifat poydevori” mavzusida ma’rifiy-adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ma’rifat ulashib” loyihalari doirasida “Ona tilim — milliy o‘zlik va ma’rifat poydevori” mavzusida ma’rifiy-adabiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bobomurodov Turdiqul Akramovich, taniqli o‘zbek shoiri, publitsist va adib, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan […]