Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” doirasida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” doirasida “Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat” mavzusida navbatdagi “Ma’rifat darsi” tashkil etildi. Ma’ruza O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Dars avvalida universitetning birinchi prorektori T.A.Bobomuratov talaba-yoshlar bilan jamiyatda o‘zini tutish madaniyati, o‘zaro hurmat, mas’uliyat, halollik va insoniy qadriyatlarning kundalik hayotdagi ahamiyati haqida fikr almashdi. Т alabalarga bilim […]









