rasmiy xabar
Rasmiy xabar – Universitetning rasmiy kanallari haqida

#RASMIY_MUNOSABAT ➡️Telegram messenjerida “Шухрат Абдужалилович Боймурадов ТТА” nomi bilan ochilgan akkaunt orqali Tоshkent davlat tibbiyot universiteti faoliyati va xodimlariga aloqador, asossiz hamda rasmiy manbalarga tegishli bo‘lmagan xabarlar tarqatilayotgani aniqlandi. Mazkur akkaunt Tоshkent davlat tibbiyot universiteti yoki uning vakolatli xodimlariga tegishli emasligini rasman ma’lum qilamiz. Ushbu sahifa soxta (fake) akkaunt hisoblanadi va u orqali yuborilayotgan har […]

photo_2026-02-04_18-21-37 (2)
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi

Tashrif davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tibbiyot ta’limini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, talabalar uchun akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi. Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va tibbiyot sohasida xalqaro tajriba almashishga […]

rektor Shuxrat Boymuradov
Tibbiyotda sun’iy intellekt nimalarni o’zgartiradi? Rektor Shuxrat Boymuradov bilan suhbat

“Qabul emas, natija muhim” — Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori bilan ochiq suhbat Raqamlashtirish va sun’iy intellekt davrida shifokorlik kasbi qanday o‘zgaradi? Tibbiy kadrlar tayyorlash tizimida nimalar yangilanishi zarur? Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuhrat Boymurodov bilan navbatdagi suhbatda sohada ta’lim sifatini oshirish, malakali kadr tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Texnologiya inson o‘rnini egallamaydi Suhbat boshidayoq […]

photo_2026-01-23_10-47-41
Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Walid Fouque tashrif buyurdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Walid Fouque tashrif buyurdi. Oliy ta’lim muassasasining bosh binosida mehmonni universitet rektori, professor Shuxrat Boymuradov samimiy kutib oldi. Tashrif davomida elchiga Toshkent davlat tibbiyot universitetining faoliyati, ta’lim jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari hamda zamonaviy klinik bazalari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda. […]

Anjuman axborot xati

“RAQAMLI SOG‘LIQNI SAQLASH VA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMLARINI BOSHQARISH” BO‘YICHA RESPUBLIKA KONFERENSIYA 2026-YIL 27-FEVRAL AXBOROT XATI Anjuman haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli qarorlari va soha rivojini yangi bosqichga olib chiqish bilan bog‘liq boshqa dolzarb masalalarni hal etishda, Prezidentimiz tomonidan soha mutaxassislarini oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash maqsadida 2026-yil […]

photo_2026-01-14_14-05-32
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi Mazkur tadbirda universitetda faoliyat olib borayotgan zaxiradagi harbiy xizmatchilar Vatanga sadoqatli xizmatlari, fidoyiligi hamda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi munosib hissalari uchun e’tirof etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga samimiy tabriklar yo‘llanib, ularning […]

E’lon

Hurmatli hamkasblar! Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika kafedrasi dotsenti Mansurova N.A tomonidan Nevrologiya fanidan 2026 yil 13-yanvar kuni 52-OP bazasida  davolash fakulteti 502 gurux talabalari uchun “The cerebral cortex: anatomy, physiology, localization of functions, formation of two signal systems in children. Pathology of higher nervous activity in children. Lesion […]

photo_2026-01-07_18-01-51
Oliy tibbiy ta’limda raqamlashtirish va sun’iy intellekt: yutuqlar va istiqbollar

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Oliy tibbiy ta’limni rivojlantirishda raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlari, erishilgan yutuqlar” mavzusidagi o‘quv-uslubiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori Alisher Abdullayev, Yangi O‘zbekiston universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Bahodir […]

vazir-Sharipov
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning talabalar va yoshlarga muhim videomurojaati

Sog‘lom tanlov — yorqin kelajak garovi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning talabalar va yoshlarga muhim videomurojaati. Bugungi shiddatli zamonda har bir qadamimiz, ayniqsa, sog‘lig‘imiz yo‘lida qilayotgan tanlovimiz ertangi kunimizni belgilaydi. Giyohvandlik nafaqat inson salomatligini, balki uning orzu-umidlarini va butun bir jamiyat kelajagini barbod qiluvchi tahdiddir. Aziz yoshlar, har biringiz davlatimizning ertangi kuchi […]