Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Sport — sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni” shiori ostida sport bayrami bo‘lib o‘tdi
Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Shifokor” sport majmuasida “Sport — sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni” shiori ostida keng ko‘lamli sport bayrami tashkil etildi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, respublika oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Bayram doirasida so‘zga chiqqan rasmiy mehmonlar yoshlarning jismoniy faolligini […]
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Bosh kampusi, Pediatriya kampusi va Stomatologiya kampusi hududlarida “Kelajak soati” rukni ostida “O‘zbekiston bayrog‘i” mavzusida “Ma’rifat darsi” o‘tkazildi
Ma’rifat darsini tarix fanlari doktori, professor Mavrulov Abduxalil Abdulxayevich olib bordi. Dars davomida talabalar “bayroq” tushunchasining mazmuni, uning tarixiy kelib chiqishi va davlat hayotidagi o‘rni, shuningdek, “O‘zbekiston bayrog‘i” atamasining mazmun-mohiyati, uning mamlakatimizning muhim davlat ramzi sifatidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot oldilar. Tadbir talabalarda O‘zbekiston bayrog‘ining mazmunini chuqur anglash, davlat ramzlariga hurmat, milliy g‘urur va vatanparvarlik […]
Prezidentimiz tibbiyotni raqamlashtirish va tibbiy ta’limni takomillashtirish rejalari bilan tanishdi
rezident Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurib, mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, tibbiyot muassasalarida xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. So‘nggi yillarda tibbiyot sohasining o‘ziga 230 trillion so‘m yo‘naltirildi. Buning hisobiga joylarda 187 ta yangi poliklinika va shifoxona ishga tushdi, 1 ming 244 […]
O‘zbekiston va Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirlari tibbiyot talabalari bilan uchrashdi
Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyarov hamda Qozog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Akmoral Alnazarova ishtirokida yosh tibbiyot talabalari bilan samimiy va ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv O‘zbekiston va Qozog‘iston tibbiyot yoshlari do‘stlik tadbirlari doirasida tashkil etilib, ikki mamlakat tibbiyot sohasidagi hamkorlik, innovatsiyalar va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga […]
O‘zbekiston va Qozog‘iston tibbiyot yoshlari do‘stlik tadbirlarida tibbiyot oliygohlari rektorlari ishtirok etmoqda
➡️Avval xabar berilganidek, Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekistonda Qozog‘iston tibbiyoti kunlari doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston tibbiyot yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik tadbirlari o’tkazilmoqda. Tadbir doirasida ikki davlatning tibbiyot oliygohlari rektorlari Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. 🔹Mehmonlar universitetning o‘quv va ilmiy faoliyati bilan tanishib, talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda, yoshlar bilan ochiq muloqot, mahorat darslari va […]




