Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi doirasida tashkil etilgan futbol musobaqalari tobora qizg‘in pallaga kirmoqda. Universitet jamoalari o‘rtasidagi bahslar yuqori sport ruhi, keskin raqobat va muxlislar e’tibori ostida o‘tmoqda.
Navbatdagi tur uchrashuvlarida jamoalar o‘zaro maydonga tushib, quyidagi natijalar qayd etildi: Predator jamoasi Lochin ustidan ishonchli hisobda 3 : 0 g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuv davomida Predator futbolchilari tashabbusni to‘liq o‘z qo‘liga olib, o‘yin taqdirini hal qildi. Lapasion va Med United jamoalari o‘rtasidagi bellashuv esa haqiqiy dramatik ruhda kechdi. Keskin va murosasiz bahs yakunida Lapasion 3 […]









